Bugun "Olmaliq" Antaliyaga jo'nab ketadi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017, 09:07
Bugun "Olmaliq" Toshkent-Istambul-Antaliya yo'nalishida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketadi.

11-26 yanvar oralig'ida o'tadigan bu yig'inda jamoa mashg'ulotlar bilan birgalikda 4ta nazorat o'yini o'tkazadi. Shuningdek, bir qator xorijlik futbolchilar ham ko'rikda bo'lishadi.

"Olmaliq"ning o'rtoqlik o'yinlari:

17 yanvar - "Vil 1900" (Shveytsariya)

22 yanvar - "Sibir" (Novosibirsk, Rossiya)

24 yanvar - "Karpati" (Lvov, Ukraina)

24 yanvar kuni "Olmaliq" ikkinchi tarkib bilan yana bir nazorat o'yini o'tkazadi. Raqib nomi keyinroq ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz