Bugun Manchester derbisi. Statistika va qiziqarli ma'lumotlar

Aslanov Jasurbek
10 dek 2017
Bugun, 10 dekabr kuni Angliya Premer-ligasining 16-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" bahsi bo'lib o'tadi.

Bugungi kunda Manchester derbisi intizorlik bilan kutiladigan o'yinlar orasida "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi "El-Klassiko"dan keyingi o'rinni egallaydi. "Old Trafford"da bo'lib o'tadigan derbiga oid qiziqarli ma'lumot va statistikalarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahs 1881 yilning 12 noyabrida bo'lib o'tgan. O'sha paytlarda bu ikki klub boshqacha nom bilan atalar edi. "Manchester Siti"ni "Vest Gorton, "Manchester Yunayted"ni esa "Nyuton Xit" deb atashgan. 19 asrda bo'lib o'tgan birinchi derbida "Nyuton Xit" yani "Manchester Yunayted" 3:0 hisobida g'alaba qozongan.

1947 yil


"Old Trafford" hamda "Etixad" stadionlari orasidagi masofa uzoq emas. Engil mashinada 10 daqiqa ichida birinchi arenadan ikkinchisiga yetib olishingiz mumkin.


MANCHESTER DERBISI
JamoalarG'alabaDurangMag'lubiyat
"Manchester Yunayted"725250
"Manchester Siti"505272


Yirik hisob qayd etilgan o'yinlar:

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 1:6 (1926 yil)

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:5 (1955 yil)

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 5:0 (1994 yil)

"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 1:6 (2011 yil)


Ushbu jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuv 10 dekabr kuni Angliya Premer-ligasi doirasida bo'lib o'tgan. "Etixad"dagi bahsda hisob ochilmagan (0:0).


Manchester derbisida eng ko'p ishtirok etgan futbolchi Rayan Giggz hisoblanadi. "Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi 36ta derbida to'p tepishga muvaffaq bo'lgan.


Manchester derbisi to'purarlari:

FutbolchilarKlubGol
Ueyn RuniManchester Yunayted11
Jo XaysManchester Siti10
Frensis LiManchester Siti10
Bobbi CharltonManchester Yunayted9
Serxio AgueroManchester Siti8
Kolin BellManchester Siti8
Erik KantonaManchester Yunayted8
Brayan KiddManchester Siti, Manchester Yunayted8
Jo SpensManchester Yunayted8
Pol SkoulzManchester Yunayted7
Dennis ViolletManchester Yunayted7


Sovrinlar:

JamoaLiga g'olibiAngliya KubogiAngliya liga KubogiAngliya SuperkubogiChempionlar ligasiYevropa ligasiUEFA SuperkubogiKlublar o'rtasidagi jahon chempioni
Manchester Siti45440000
Manchester Yunayted20125213111



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia