Bugun ertalab "Tottenxem" futbolchisining akasini o'ldirib ketishdi

Alisher
13 iyul 2020, 13:25
"Tottenxem" himoyachisi Serj Orening akasi Kristofer Ore vafot etdi.

Xabarlarga ko'ra, uni bugun ertalab Tuluzadagi tungi klub yaqinida otib ketishgan.

O'q Kristoferning qorniga tekkan. U shifoxonaga etkazilgan, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmagan.

Qayd etish kerakki, qotil voqea joyidan qochib ketgan va u qidiruvda bo'lgan.

Serj Ore esa kecha APL doirasidagi "Arsenal" (2:1)ga qarshi o'yinda to'liq harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk