Bugun YCHLda Angliya derbisi, Klopp Gvardiolaga qarshi (Prevyu)

Mirjalol Normatov
4 apr 2018
Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak finalida Angliya derbisi bo'lib o'tadi.

"Liverpul" (Angliya) – "Manchester Siti" (Angliya)
Chorshanba, 23:45. "Enfild"
Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)
Jarohatlanganlar: Emre Jan (so'roq ostida), Jo Gomes, Ragnar Klavan, Adam Lallana, Joel Matip - Serxio Aguero, Benjamen Mendi

Angliya derbisi qiziqarli o'tishi shubhasiz. Tomonlar YCHL doirasida ilk marta o'yin o'tkazishadi.

Yil boshida jamoalar "Enfild"da haqiqiy shou uyushtirib berishgandi. "Qizillar"ning ham "ko'klar"ning ham muxlislari yana shunday futbol ko'rishni istashayotgani bor gap. Klopp va Gvardiola jamoalari juda hujumkor o'yin namoyish etishmoqda. Ular bemalol yana o'sha kabi uchrashuvni muxlislarga tuhfa etishlari mumkin. Biroq turnirning saviyasidan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, qaysidir tomon biroz himoyaviy o'yin namoyish etish ehtimoli ham bor.

"Manchester Siti" va "Liverpul"ning "Etixad"dagi bahsida "qizillar" yirik 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi. Albatta, "Liverpul" keyinchalik o'z alamini oldi, biroq bu mag'lubiyat "shaharliklar"ning turnir jadvalidagi o'rniga hech qanday ta’siri bo'lmadi. Shunchaki, "Siti"ning g'alabali seriyasi yakunlangandi.

Chorshanba kuni "Enfild"da "Manchester Siti" biroz ehtiyotkor o'yin namoyish etishi mumkin. Gvardiola "Liverpul"ning uch futbolchisi - Muhammad Saloh, Sado Mane va Aleks Oksleyd-Chemberlendan havfsirayotganini aytib o'tdi.

TAXMINIY TARKIBLAR

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

Angliya. Liverpul, "Enfild". 53 285 tomoshabin.

Bosh hakam: Endryu Marriner.

"Liverpul" - "Manchester Siti" 4:3

Gollar: Aleks Oksleyd-Chemberlen 9, Roberto Firmino 59, Sado Mane 61, Muhammad Saloh 68 - Bernardo Silva 84, Ilkay Gyundogan 90+1.

"Liverpul": Karius - Robertson, Lovren, Matip, Gomes - Viynaldum, Jan, Oksleyd-Chemberlen - Mane, Firmino, Saloh.

"Manchester Siti": Ederson - Otamendi, Delf, Stounz, Uolker - De Bryuyne, Roza, Gyundogan - Sane, Sterling, Aguero.

O'ZARO O'YINLAR

Yuqorida aytilganidek, tomonlar YCHLda ilk marta to'qnash kelishadi. Jamoalar o'zaro 179 uchrashuv o'tkazishgan. Shularning 87tasida mersisaydliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 45 bahsda "shaharliklar"ning qo'li baland kelgan. 47 uchrashuvda durang qayd etilgan. "Liverpul" 317, "Manchester Siti" 237 gol kiritgan.

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

2016 yil 3 mart. "Liverpul" - "Manchester Siti" 3:0

31 dekabr 2016 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 1:0

19 mart 2017 yil. "Manchester Siti" - "Liverpul" 1:1

9 senyabr 2017 yil. "Manchester Siti" - "Liverpul" 5:0

14 yanvar 2018 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 4:3

FAKTLAR

- "Liverpul" 2008 yildan buyon ilk marta YCHLning chorak finaligacha yetib keldi. O'sha yili jamoa "Chelsi"dan mag'lub bo'lgandi.

- "Liverpul" evrokuboklarda o'z maydonida 14 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmayapti (9 g'alaba, 5 durang). Jamoa o'z maydonida so'nggi marta 2014 yilda "Real"dan 0:3 hisobida yutqazgandi.

- "Liverpul" bu mavsum YCHLdagi eng samarali jamoa. "Qizillar" hisobida 28 gol bor. Turnir rekordi "Manchester Yunayted"ga tegishli - 32 gol.

- "Manchester Siti" ikkinchi marta YCHLning ushbu bosqichiga yetib keldi. 2016 yilda jamoa ikki o'yin hisobiga ko'ra PSJni mag'lub etgandi.

- Klopp-Gvardiola bahsida germaniyalik mutaxassisdan 5 g'alaba bor. U Gvardiolani eng ko'p mag'lub etgan murabbiy hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footboom.com