

Bu haqda norvegiyalik sobiq futbolchi Yan Oge Fyortoft o'zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
"Shoshilinch xabar! Hoziroq! "Bavariya"da yig'ilish bo'lmoqda.
Anchelotti bugun iste'foga chiqarilishi mumkin" - deb yozadi Fyortoft.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" kecha PSJga qarshi o'tgan bahsda 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Nemis grandining Bundesligadagi ishlari ham yaxshi emas. Ayni damda ular 13 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.



