Bugun 16:00. O'zbekiston - Tojikiston

Narzulla Saydullayev
3 dek 2018, 09:26
Bugun Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari davom etmoqda.

Markaziy mintaqadan Eron, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg'oniston hamda Qirg'iziston terma jamoalari joy olishgan. Qur'a natijalariga ko'ra mazkur jamoalar quyidagi ikki guruhga bo'lingan holda bahslarda qatnashishmoqda:
 
"A" guruhi: Eron, Afg'oniston, Turkmaniston.
"B" guruhi: O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston.



 
Quyida o'yinlar taqvimi bilan tanishishingiz mumkin:
 
1 dekabr
13:00 Turkmaniston – Eron 3:6
16:00 Qirg'iziston – O'zbekiston 3:6  
 
2 dekabr
13:00 Tojikiston – Qirg'iziston 1:6
16:00 Afg'oniston – Turkmaniston 5:0


3 dekabr
13:00 Eron – Afg'oniston
16:00 O'zbekiston – Tojikiston

 
4 dekabr
13:00 Uchinchi yo'llanma uchun bahs

Barcha o'yinlar poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia