Brunu "Manchester Yunayted"da rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
29 may 2023, 19:30
Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"da vaziyatlar yaratish borasida rekord o'rnatdi.

APLning ushbu mavsumida portugaliyalik futbolchi 119ta golli vaziyat yaratdi. Bu 2003/04 yilgi mavsumdan keyin MYUdagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

2022/23 yilgi mavsumda Brunu 37 o'yinda 8tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta