Breytueyt "Barselona"da qolishni xohlamoqda

Alisher
7 iyul 2022
Hujumchi Martin Breytueyt bosh murabbiy Xavi uni jamoasida ko'rishni xohlamayotganiga qaramay, "Barselona"da qolishga bel bog'lagan.

31 yoshli daniyalik "Barselona"da o'ynash uning faoliyatidagi ajoyib imkoniyat deb hisoblaydi. Ammo, kataloniyaliklar rahbariyati o'yinchi uchun 8 million evro atrofida to'lashga tayyor bo'lgan yangi jamoa qidirmoqda.

Qayd etish kerakki, Breytueyt agar yangi klubini munosib variant deb hisoblasagina, "Barselona"dan kyetishga rozi bo'ladi.

Breytueyt o'tgan mavsum kataloniyaliklar tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football Espana