Breaking! "Cho'qintirgan ota" "Manchester Yunayted"ni boshqaradi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2021, 20:27
Ralf Rangnik "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi.

Germaniyada "cho'qintirgan ota" laqabini olgan 63 yoshli mutaxassis MYU boshqaruviga keladi. Kelishuvga asosan u may so'ngigacha menejerlik qiladi.

Keyinchalik yana 2 yil maslahatchi sifatida faoliyat yuritadi.

Rangnik Germaniya klublaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish. Ayniqsa, u "Leyptsig"ni Bundesligaga olib chiqqani ortidan mashhurlikka erishgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, uning mehnat vizasi rasmiylashtirilmagani tufayli yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi o'yinda jamoaga yordam berolmaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic