Braziliya va Argentina terma jamoalari Millatlar ligasida qatnashishi mumkin

Оқил Абдубарноев
17 dek 2021, 20:09
Millatlar ligasining tarkibi yaqin kelajakda o'zgarishi mumkin.

ESPN jurnalisti Deyl Jonsonning Tvittyerdagi sahifasida ma'lum qilishicha, Janubiy Amerikaning barcha 10 terma jamoasi 2024 yilda boshlanadigan Millatlar ligasi qur'a tashlash marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shunday qilib, Braziliya va Argentina terma jamoalari Millatlar ligasida ishtirok etishlari mumkin.

Qayd etilishicha, Millatlar ligasining barcha o'yinlari Yevropada davom ettiriladi.

Avvalroq Millatlar ligasining 2022/2023 yilgi mavsumiga qura tashlash marosimi o'tkazilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/dalejohnsonespn