
Bizni qiyin mavsum kutayotganligini yaxshi bilamiz. Raqobatchilarimiz buyili o'z tarkiblarini ancha kuchaytirib olishdi. "Arsenal" klubi transfer bozorida ancha chaqqon ishladi. Arsen Venger jamoasi bir qator kuchli futbolchilarni o'z saflariga qo'shib olishdi. Chempionlik poygasi "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Yunayted" hamda bizning jamoa o'rtasida kechishi aniq. Hech kimga oson bo'lmasligi aniq.