

Eslatib o'tamiz, 10 avgust kuni "Borussiya" sababsiz mashg'ulotga kelmagan Dembeleni chetlatgan edi.
Oldinroq, 20 yoshli fransiyalik "Borussiya"dan uni "Barselona"ga sotishni so'ragan, biroq dortmundliklar Kataloniya klubi taklifini rad etishdi.
Dembele kecha bo'lib o'tgan Germaniya Kubogi uchrashuvida ham maydonga tushmadi va hozir jamoadan alohida shug'ullanishi mumkin.
"Hozir bor e'tiborimiz "Volfsburg"ga qarshi bo'ladigan Bundesliga bahsiga qaratilgan. Usmon Dembeleda guruhdan alohida shug'ullanish imkoniyati bor" - deydi "Borussiya" sport direktori Mixael Cork.



