

“Qirollik klubi” matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqda "2 fevral” sanasi hamda “yangi” yozuvi aks etgan videoni e'lon qildi. Videoning pastki chap burchagida kichik toshbaqa tasvirlangan soya bor.
Eslatib o'tamiz, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o'zining tashqi ko'rinishiga o'xshashligi tufayli bir necha bor mashhur animacion serial va filmdagi toshbaqa Nindzyasiga qiyoslangan.


