Blan Fransiyaning Evro-2016dagi g'alabasiga ishonadi

Aziz Tukhtamuradov
25 mar 2015, 21:52
PSJ bosh murabbiyi Loran Blanning fikricha Fransiya keyingi yilgi Yevropa chempionatida g'alaba qozona oladi.
"Biz to'g'ridan-to'g'ri chempionatda ishtirok etamiz. Bu ajoyib holat. Bizda yaxshi yosh futbolchilar bor. Ular hozirda kuchli jamoalarning asosiy tarkiblarida maydonda tushmoqdalar va katta tajriba to'plamoqdalar.

Albatta, o'z maydonimizda bosim bo'ladi. Buning nima ekanligini tushunaman. Ammo, futbolchilar ushbu turnirda o'zlarining nimalarga qodir ekanliklarini isbotlay oladilar", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru