Birinchi ligadagi “Alanga”ni kim boshqaradi?

Narzulla Saydullayev
24 fev 2014, 19:00
Kosonning “Alanga” jamoasi o'tgan yil bir amallab birinchi ligada o'z o'rnini saqlab qoldi.
O'tgan mavsum bu jamoani Dilshod Andaev boshqargandi. Qolaversa, tarkibning deyarli 90 foizini “Mashal” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari tashkil qilgandi.

Lekin bu yil “Alanga” birinchilikda ishtirok etgani bilan kim bosh murabbiylik qilishi hozircha noma'lum bo'lib turibdi. Ma'lumki, Dilshod Andaev yana Muborakka qaytib, “Mashal-2”ni qabul qilib oldi. Natijada egasiz qolgan kosonliklarni kim boshqaradi, degan savol qolyapti.

Bizga yetib kelgan xabarlarga qaraganda, asli kosonlik Nasim Shoimov “Alanga” bosh murabbiy sifatida ko'rsatilayotgan edi, biroq Shoimovda hozircha faqat “S” licenziyasi bor. Ammo birinchi ligada bosh murabbiy bo'lib ishlash uchun kamida “V” licenziyasiga ega bo'lish kerak.

Shunday qilib “Alanga”ni kim boshqarishi hozircha noma'lum bo'lib turibdi. Aslida-ku, jamoaning birinchi ligada qatnashishidan biror foyda bormikin? Klub rahbariyati avvalo shu masala xususida o'ylab ko'rsa zarar qilmasdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia