Birinchi ligada yangi jamoa paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
4 mar 2024, 12:08
Surxondaryo mezbonlik qilgan pulka o'yinlarida viloyat yetakchisi sifatida ishtirok etgan "Qiziriq" yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgandi.

Joriy yilning 10 yanvar kuni "Qiziriq" vakillari Liga bilan uchrashuvda ishtirok etdi va hozirga qadar O'zPFL a'zosiga aylanish uchun lozim bo'lgan talablarni bajarishga erishdi. Shu tariqa "Qiziriq" Birinchi ligada ishtirok etishga loyiq deb topildi. 



Endilikda Liga mutaxassislari jamoa o'z uy o'yinlarini o'tkazishi ko'zda tutilgan stadion va boshqa obektlarni o'rganadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz