Bilasizmi? Qatar bosh murabbiyini avgust oyida Babayan mag'lub etgandi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2024
Ertaga, 3 fevral kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finalida Qatarga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi kunda Qatar bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Bartolome Markez Lopes 2023 yil "Al Vakra" ustozi bo'lgandi. Yodingizda bo'lsa OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o'yinida "Al Vakra" aynan shu bosh murabbiy boshchiligida o'z maydonida Samvel Babayan boshchiligidagi "Navbahor"ga yutqazib qo'ygandi.

O'sha o'yinda maydonga tushgan "Navbahor" futbolchilaridan O'tkir Yusupov, Oston O'runov, Jamshid Boltaboev va Jamshid Iskanderov ayni paytda Osiyo kubogida O'zbekiston sharafini himoya qilishmoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia