Beyl kutilganidan ko'proq maydonga tusha olmaydi

17 okt 2018, 09:05
“Real” yarim himoyachisi jamoadan alohida shug'ullanmoqda.

Futbolchi La Liganing 8-turida “Alaves”ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

Madridliklar Garetning ahvoli haqida hamon rasmiy bayonot berganicha yo'q. Ammo uning safga qaytishi kutilganidan ko'ra ko'proq vaqt oladi. U katta ehtimol bilan 20 oktyabr sanasida La Liganing 9-turida “Levante”ga qarshi o'ynamaydi.

29 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining 7 ta o'yinida qatnashib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Espana