Berluskoni: “Avvaliga A Seriyani, keyin esa Chempionlar Ligasini yutmoqchimiz”

Eldor Akmurzayev
30 may 2022, 07:50
“Monca” o'z tarixida ilk bor A Seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Klub prezidenti Silvio Berluskoni oldiga qo'ygan maqsadlari haqida gapirdi.

“Monca” tarix yozdi. Maqsadlarimiz? Endi A Seriyada, keyin esa Chempionlar Ligasida g'olib bo'lishni xohlayman. Hayotda g'alaba qozonishga o'rganib qolganman, nima bo'lishini kuzatamiz”, deydi “Milan” sobiq rahbari.

Eslatib o'tamiz, “Monca” o'tish bahsida “Piza”ni 2 o'yin natijasiga ko'ra, 6:4 hisobida taslim etishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira