Benzemaga APL grandi qiziqish bildirmoqda

Mirjalol Normatov
29 apr 2018, 16:26
"Chelsi" "Real" futbolchisi Karim Benzemani sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Daily Star" xabariga ko'ra, "aristokrat"lar yozgi transferlar oynasi vaqtida fransiyalik futbolchini sotib olishni istashmoqda. "Real" esa hujumchining transferidan 70 mln evro ishlab olmoqchi.

Bu mavsumda Benzema 41 uchrashuvda qatnashib, 9 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star