Benzema "Real" safidagi yubiley o'yinini o'tkazmoqda

2 mar 2020, 01:59
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Barselona"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

Bu o'yin 32 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "qirollik klubi" libosidagi 500-bellashuvga aylandi.

Benzema ushbu ko'rsatkichga erishgan klub tarixidagi 14, ispaniyalik bo'lmay turib 500ta o'yin o'tkazgan 3-futbolchiga aylandi (Roberto Karlos va Marselodan keyin).

Eslatib o'tamiz, forvard Madrid klubi safida 240 golga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia