"Benfika" tarixidagi eng qimmat transferlardan birini rasmiylashtirdi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2023, 16:46
"Benfika" matubot xizmati "Feyenoord" yarim himoyachisi Orkun Kokchu transferini e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer summasi 25 mln evroni tashkil qildi. Bu "Benfika"ning uchinchi eng qimmat xaridi hisoblanadi. "Burgutlar" undan qimmatroq narxda faqatgina "River Pleyt"dan Enco Fernandesni (44,25 mln evro) va "Almeriya"dan Darvin Nunesni (34 mln evro) sotib olishgan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia