Belotti uchun kurashadigan klublar ma'lum bo'ldi

17 apr 2020, 07:25
Andrea yozda Turinni tark etadi.

“Torino” hujumchisi Andrea Belottining xizmatlariga “Everton”, MYU hamda “Napoli”dan jiddiy qiziqish bor. Shuningdek, “Bavariya” ham Belottini o'z safiga chorlayotgani aytilmoqda. Ular orasida “Everton” favorit bo'lib turibdi.

26 yoshli Belotti joriy mavsum barcha musobaqalar doirasdia 31 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport