

"Eurosport" xabariga ko'ra, 17 yoshli futbolchini "Liverpul" hamda "Chelsi" kuzatib bormoqda. Ammo Dortmund klubi futbolchini qo'yib yuborishi qiyin bo'ladi. Chunki yozda Jeydon Sancho hamda Erling Xoland jamoadan ketishi ehtimoli bor.
O'z navbatida Bellingemdan barcha mamnun, hatto jamosi YCHLga chiqa olmasa ham u jamoadan ketmoqchi emas. Jud ushbu mavsumda 39 o'yinda qatnashib, 3 gol va 4 assist qayd etdi.



