Bekkenbauer: "Xummels Angliyaga ko'chib o'tsa, uni tushunaman"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2015, 15:49
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi o'z klubini tark etib, faoliyatini Yevropaning boshqa mamlakat klubida davom ettirishiga "Bavariya" faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer to'g'ri qaraydi.

"Angliyaga ko'chib o'tish uchun Xummels juda yaxshi davrda. Uni yaxshi tushunaman. Men ham o'z vaqtida kuchli jamoada o'ynaganman. O'shanda "Inter"ga o'tish borasida kelishib olgan edim, ammo italiyaliklar muhojirlar uchun A Seriyani yopib qo'ygan edi" - deydi Bekkenbauer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com