"Bayer" bosh murabbiyligi uchun yangi nomzod paydo bo'ldi

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2025
U faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist va insayder Nikolo Skira o'z ijtimoiy tarmoqlarida yozganidek, "Bolonya" va "Yuventus"ning sobiq murabbiyi Tiagu Motta Leverkuzenning "Bayer" klubiga bosh murabbiy sifatida tayinlanishi mumkin.

42 yoshli mutaxassis nomzodini klub rahbariyatiga uning agentlari taklif etgan.

Eslatib o'tamiz, "Bayer" yangi bosh murabbiy izlamoqda, chunki jamoa rahbariyati niderlandiyalik Erik ten Hagni ishdan bo'shatgan edi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia