Baxtiyor Ashurmatov: "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
17 apr 2015, 21:11
"Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bunyodkor"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bizni qo'llab quvvatlab turgan ko'p sonli muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Raqib ikkinchi bo'limda kuchliroq o'ynab g'alabaga erishdi", - deydi Ashurmatov.

- Hujumchilaringiz saviyasi ancha yaxshi. Lekin ko'p ham hujumga o'tishmadi...
- To'g'ri hujumga kamroq o'tdik. Ammo raqibga imkon qadar qarshilik ko'rsatishga urindik. Doston Hamdamovning goli bizga ta’sir qildi.

- "Bunyodkor" safida individual yaxshiroq futbolchilar bor. Nima uchun hisob 0:2 bo'lganidan so'ng namoyish etgan o'yinimizni oldinroq ko'rsatmadik. Hayronman...

- Bugaloning yoshidan kelib chiqib futbolchilaringizga uzoqdan zarba berishni aytganmidingiz?
- To'g'ri aytdingiz. O'yindan oldin shogirdlarimga uzoqdan zarba berishga haqida ko'rsatma bergandim. Ammo raqib himoyachilari bizga imkon berishmadi.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia