"Bavariya" va PSJ "Lans" yetakchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2024, 18:08
"Lans" himoyachisi Kevin Danso "Bavariya" va PSJning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, dedi jurnalist Florian Plettenberg.

Manba bergan xabarga ko'ra, ayni damda hech bir klub 25 yoshli avstriyalik uchun taklif bilan chiqmagan.

Danso 2021 yildan beri "Lans" jamoasida o'ynamoqda. Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 ta o'yin o'tkazdi. Transfermarkt portali uning narxini 22 million evroga baholamoqda.



Ma'lumot uchun, "Lans" jamoasida O'zbekiston MTJ himoyachilaridan biri, O'zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi Abduqodir Husanov o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal