

“Bavariya” joriy mavsum Chempionlar Ligasining guruh bosqichida 6 ta o'yinda ham g'alaba qozondi. Myunxenliklar ilk bor o'z tarixida guruh bosqichidagi barcha bahslarda g'alaba qozondi. Bunday natijani so'nggi bor 2014/15 yilgi mavsumda “Real” qayd etgandi. Qayd etish kerak, “Bavariya” guruh bosqichidagi dastlabki uchta turda Niko Kovach qo'l ostida harakat qildi. Qolgan uchtasida esa jamoaga Xans-Diter Flik boshchilik qildi.



