

O'zining 120 yillik tarixi davomida jamoa 29ta Bundesliga kubogini, 19 marta mamlakat kubogini qo'lga kiritgan. Shuningdek, "rekordmaysterlar" Chempinlar Ligasining 5, UEFA kubogining 1 karra g'olibi hisoblanadi.

Klub timsoli tarixiy Bavariya viloyatining ananaviy ranglari orqali shakllantirilgan doiradir. Qizil mintaqaning tarixiy mamuriy birligi bo'lgan Frankoniya gerbi ranglari bilan bevosita bog'liq. Shu tufayli jamoa "Alyanc-Arena"da o'ynayotganida stadion qizil rangda jilolanadi. Doira ichidagi oq-ko'k naqsh mintaqani 1240-1918 yillarda boshqargan Vittelsbaxlar sulolasi gerbidan "ko'chib o'tgan". Xulosa qilsak klub logotipida ikkita tarixiy hududning ramziyligi umumlashtirilgan: ko'k - bavarlar rangi, qizil - frankoniyaliklar.



