“Bavariya” yetakchilaridan biri 3 oyga safdan chiqdi

Khoja
28 yanv 2024, 08:54
“Bavariya” futbolchisi Kingsli Komanning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

U tizzasidagi jarohat sababli kamida aprel oyida maydonga qayta oladi. Vinger “Augsburg”ga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida jarohat sababli maydoni tark etgandi.

Eslatib o'tamiz, Koman joriy mavsum ko'p jarohat olmoqda. Futbolchi barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com