Bastoni YCHL yarim finalidan keyin "Liverpul"ni rad etdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 may 2023, 13:45
"Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni "Liverpul" bilan transfer bo'yicha deyarli kelishib qo'ygandi.

Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalida "Milan derbisi" bo'lib o'tdi. Unda Simone Inzagi boshchiligidagi "Inter" zafar quchdi va hal qiluvchi o'yinga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 

"Neradzurri" futbolchisi Alessandro Bastoni jamoasi YCHL finaliga chiqishni uddalagach, "Liverpul" bilan muzokaralarni to'xtatdi va "Inter" bilan kelishuv muddatini uzaytirdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: calciomercatoweb.it