Bartomeu va Muniain "Real"ning o'yinida VAR'ni tanqid qilishgani uchun jarimaga tortilishi mumkin

Alisher
7 iyul 2020, 12:17
Ispaniya futbol federatsiyasi texnik qo'mitasi yakshanba kuni "Atletik" va "Real" o'rtasidagi o'yindan keyin bo'layotgan voqeani muhokama qiladi.

5 iyul kuni "Real" "San-Mames"da "Atletik"ni Serxio Ramosning penaltidan urgan goli tufayli mag'lub etdi.

Ushbu o'yindan keyin "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu va "Atletik" yetakchisi Iker Muniainning VARning "Real"ga yordam berishi haqida gapirishdi.

Endi esa Bartomeu va Muniain bu so'zlari uchun 18 ming evrodan jarimaga tortilishi mumkin.

Shuningdek o'yinning bosh hakami Gonsales Gonsales va VAR hakami Xesus Mansanolarning qarorlari ham tahlil qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca