"Barselona"ning bo'lajak prezidenti: "Neymar jamoada qoladi!"

24 iyul 2017, 07:53
"Barselona"ning braziliyalik yulduzi Neymarning PSJga ketishi haqidagi turli gap-so'zlar tarqalayotgan bir paytda himoyachi Jerar Pike bunga o'z munosabatini bildirdi.


"Barselona" rahbariyati Neymar borasida hech qanday bayonot bermay turgan payt jamoa himoyachisi va kelajakda klub prezidenti bo'lishi taxmin qilinayotgan Pike bunga oydinlik kiritdi.


Pike o'zining instagram hamda tvittyerdagi rasmiy sahifalari orqali Neymar bilan birga tushgan rasmini joyladi va tagida: "U qoladi", deya izoh qoldirdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia