"Barselona"ning 4 nafar futbolchisi maoshi kamayishiga qarshi emas

Sherzod Nurmatov
2 avg 2021, 21:05
Kataloniyaning "Barselona" klubi yaqin orada bir nechta futbolchilarning maoshini kamaytiradi.

Manbaning xabar berishicha, Jerar Pike, Serxio Buskets, Serxi Roberto va Jordi Alba bunday chora qo'llanishiga qarshi emas. 

Aytishlaricha, Pike maoshi kamayishiga rozi bo'lgan va bunga Buskets va Roberto ham qo'shilgan. Alba ham bu qarordan norozi emas.

"Ko'k-anorranglilar" o'yinchilar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va bu masalaga 13 avgustgacha nuqta qo'ymoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/ffpolo