"Barselona" yozda yana bir darvozabonidan voz kechmoqchi

Mirjalol Normatov
6 fev 2026, 00:14
Voycex Shchensni yozda "Barselona"dan ketishi mumkin.

"Diario Sport" ma'lumotiga ko'ra, kiper bilan shartnoma yana bir yarim mavsum davom etadi. Lekin 2 million evro tovon puli evaziga shartnomani bekor qilish bandi ham bor. Polyak maosh sifatida ushbu pulni qabul qilib olishi kerak bo'ladi.

Klub rahbariyati darvoza chizig'ida islohotlar amalga oshirib, raqobatni kuchaytirmoqchi. Agarda ushbu mavsumda ishlar yaxshi ketsa, yozda Shchensni bilan shartnoma bekor qilinadi.

35 yoshli darvozabon ushbu mavsumda LaLiganing 6 o'yinida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport