"Barselona" yaqin kunlar ichida navbatdagi transferni e'lon qiladi

Aslanov Jasurbek
14 may 2019, 15:31
"Barselona"dagilar tez orada yana bir transfer haqida e'lon qilishi kutilmoqda.

Kataloniya klubi "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt transferini deyarli yakunlamoqda. Ko'k-anorranglilar Amstyerdam klubi va de Ligtning agenti Mino Rayola bilan kelishib olishga muvaffaq bo'lishdi. Agar kutilmagan voqealar ro'y bermasa, "Barselona" shu hafta ichida Mateys de Ligtning transferi haqida e'lon qiladi.

Oldinroq, Kataloniya klubi gollandiyalik himoyachi uchun 70 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 23 yanvar kuni "Barselona" "Ayaks" yarim himoyachisi Frenki De Yongni xarid qilgani haqida e'lon qilgandi. Futbolchi yozda Kataloniya klubiga o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Catalunya Ràdio