"Barselona" UEFAga qarshi urush e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
30 okt 2015, 12:43
"Barselona" rahbariyati Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishiga bag'ishlangan bayroqlarni ishlatish borasida UEFAning talablarini bajarmoqchi emas.

Ko'k-anorranglilar muxlislarning bayrog'i tufayli UEFA tomonidan ikki marobata jarimaga tortilgan edi. Klub "Bayer"ga qarshi o'yindan so'ng 40 ming evro jarima to'lagan. Bundan oldin esa Chempionlar ligasining 2014/15 mavsumdagi finalida muxlislar ushbu bayroqlardan foydalangan edi. "Barselona" BATEga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvida muxlislarga 20 mingta bayroqdan foydalanishga ruhsat bermoqchi. O'yin 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca