"Barselona" shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirish maqsadida Dembelening agentiga murojaat qildi

Alisher
30 mar 2022, 11:24
"Barselona" vinger Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirishga tayyor.

Kataloniyaliklar vaziyatni qayta boshlash va ushbu masala bo'yicha uchrashuv belgilash maqsadida o'yinchining agenti Mussa Sissoko bilan aloqaga chiqdi.

Dembelening o'zi "Barselona" bosh murabbiyi Xavi qo'l ostidagi ishdan mamnun, ispan mutaxassisining o'zi ham francuz o'yinchisiga ko'proq e'tiborini qaratmoqda. "Ko'k-anorranglilar"ning ko'plab a'zolari ham Usmonning jamoada qolishini xohlashadi.

Muzokaralarning tez orada davom ettirilishi kutilmoqda.

Dembele joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport