

Joriy transfer oynasida PSJga o'tgan Neymar ish bo'yicha Barselonaga keldi. U Kataloniya klubining yetakchilari bilan uchrashdi. Shundan so'ng ularning suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Ularning birini Messi o'zining "Instagram"dagi sahifasiga joyladi.
Oldinroq, "Barselona" Neymarni shartnoma shartlarini bajarmagani uchun sudga bergani e'lon qilingan edi.


