"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
26 fev 2019, 17:49
"Ayaks" darvozaboni Andre Onana "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Kataloniya klubi vakillari 22 yoshli kamerunlikni kuzatib borishmoqda. Agar Yasper Sillessen yozda klubni tark etsa, yana bir "Ayaks" futbolchisi ko'k-anorranglilar safiga o'tadi.

Onana "Ayaks" futbolchisiga aylanishdan oldin 5 yil davomida "Barselona" akademiyasida tahsil olgan. Kataloniya klubi Andreni xarid qilishni istasa, kamida 20 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo