"Barselona" Levandovskining maoshini tushirmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023, 20:58
"Barselona" forvard Robert Levandovski bilan maoshning pasayishi borasida kelishuvga erishmoqchi.

Shu bilan birga, shartnomaga ko'ra futbolchining kelasi mavsumdagi maoshi aksincha, oshishi kerak. Polyak hozirda Kataloniya klubida yiliga 20,8 mln evro oladi.

So'nggi paytlar Levandovskining mavsum so'nggida ehtimoliy ketishi haqida mish-mishlar yangramoqda.

Ammo, o'yinchining agenti 35 yoshli hujumchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirmoqchi ekanligini aytdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Barcelona Noticias