"Barselona" Grizmanning transferini muzlatib qo'ydi

Alisher
30 may 2019, 15:35
"Barselona" vaqtinchalik "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning transferini muzlatib qo'ydi.

Kataloniyaliklar prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning bunday qarorga kelishida bir nechta faktorlar rol o'ynamoqda.

Birinchidan, o'yinchining narxi va uning maoshi. Grizmanning transferi 120 million evroni, yillik maoshi esa 17 million evroni tashkil qiladi.

Ikkinchidan, "Barselona" futbolchilari fransiyalikning jamoaga o'tishiga qarshi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 61ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 13ta assistga erishgan.

U oldinroq jamoadan ketishini e'lon qilgan edi. Futbolchiga shuningdek MYU va PSJ jamoalari qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca