“Barselona” fulbeki “Arsenal”ga o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
25 fev 2021
Football London yozishicha, “Arsenal” kataloniyaliklar himoyachisi Xunior Firpo bilan qiziqmoqda.

Londonliklar chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi, shu sabab 24 yoshli Firponing nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, hozir “Arsenal”da transferlar uchun mablag' etarli emas va kelishuvga klubni tark etishi kutilayotgan Ektor Belerin ham qo'shilishi mumkin. Belerinning o'zi esa vataniga qaytishga qarshi emas.

Firpo joriy mavsum La Ligada 5 o'yinda maydonga tushib, 1+1 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football London