"Barselona" El Hilalini maqsad qilgan

Alisher
5 mar 2025
"Barselona" "Espanol"ning marokashlik himoyachisi Omar El Hilalini kuzatib bormoqda.

Kataloniyaliklar sport direktori Deku jamoaga o'ng qanot himoyachisini olib kelmoqchi. El Hilalining shartnomasidagi xarid qilish borasidagi band transferni oson qiladi deb hisoblanmoqda.

Omar El-Hilali - "Espanol" akademiyasi bitiruvchisi. Marokashlik futbolchi Barselona jamoasi safida La Liganing joriy mavsumida 24 ta o'yin o'tkazib, 2 ta assist qayd etdi. Himoyachining klub bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 3 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: sport.es