"Barselona" direktori: "Neymar "Barsa"dan ketganidan afsusda"

Tolibjon Qosimov
18 may 2018, 12:42
"Barselona" direktori Xaver Bordas PSJ hujumchisi Neymar o'tgan yozda Kataloniya klubidan ketganidan afsusda deb hisoblaydi.

"Neymar istalgan jamoa bilan shartnoma imzolashi mumkin. Shaxsan men u "Real"ga o'tadi deb o'ylamayman. Ko'rinishidan unga Parijda hammasi qulay emas. "Barselona" yaxshi o'ynamoqda va u ketganidan afsusda. Shubhasiz, "Real" - buyuk jamoa. Lekin, oxirgi yillarda bizda g'alabalar ularga nisbatan ko'p bo'ldi", - dedi Bordas.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es