

"Real"ga qarshi LaLiganing 26-tur o'yiniga 95 745 muxlis tashrif buyurdi. Kataloniya klubining avvalgi rekordi Jerar Pikening xayrlashuv uchrashuvi - "Almeriya"ga qarshi o'yin bo'lgan, o'shanda 13-tur bahsiga 92 605 muxlis tashrif buyurgan edi.
Bundan tashqari "Barsa" uy stadionida chiptadan tushgan pullar bo'yicha ham eng yaxshi natijasini yangiladi. "Real"ga qarshi bahs klubga 8,2 mln. evro olib keldi.



