"Barselona" bir kun ko'p dam oladi. "Real" bundan norozi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2019, 14:51
"Real" rahbariyati Ispaniya chempionati taqvimidan mamnun emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar"ning fikricha, taqvimni tuzgan LaLiga ularga nisbatan hurmatsizlik qilib, "Barselona" foydasiga qaror chiqargan. Chunki Ispaniya Kubogi yarim final o'yinlaridan oldin Kataloniya klubi bir kun ko'p dam olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

"Barselona" "Real"ga qarshi bahsdan oldin o'tkazgan so'nggi uchrashuv 2 fevral kuni "Valensiya"ga qarshi o'tkazgan, "Real"ning o'yini esa 3 fevral kuni "Alaves" bilan bo'lgan edi. Javob o'yinidan oldin ham xuddi shunday vaziyat bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca