"Barselona" bilan o'yindan keyingi tanqidi uchun "Real" klubi yoshlar jamoasi murabbiyini ishdan bo'shatdi

Tolibjon Qosimov
1 mar 2019, 13:35
"Real" klubi yoshlar jamoasi murabbiyi Alvaro Benito "Qirollik klubi"dagi ishidan ayrildi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

"Qaymoqranglilar" Ispaniya kubogi yarim finali doirasida o'z maydonida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat (0:3)dan keyingi tanqidiy fikrlari uchun mutaxassisni iste'foga chiqarishgan. Benito Vinisius, Kazemiro va Krooslarning o'yinlari haqida noo'rin etiroz bildirgan.


Keltirilishicha, bo'shab qolgan joyni "Real" afsonasi Raul Gonsales egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca