"Barselona" Arturga yaxshilangan shartlar asosida 5 yillik yangi shartnoma taklif qildi

Alisher
22 iyun 2020, 10:38
Kataloniyaliklar futbolchini o'z tarkiblarida saqlab qolishmoqchi.

"Barselona" yarim himoyachi Artur Melo bilan shartnomani davom ettirmoqchi. Kataloniyaliklar futbolchiga yangi, 5 yillik shartnoma taklif qilishdi. 

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Yangi bitimga ko'ra, "Barsa" Arturga 5,2 million evro maosh to'laydi. O'yinchining ayni damdagi maoshi 3,2 millionga teng.

Eslatib o'tamiz, Arturga Turinning "Yuventus" klubi raqobat qilmoqda. Futbolchi joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" libosida La Ligada 19ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira